User Image

Jo‘raxo‘jayev Muzaffar Muhamedovich Img Otorinolaringolog (LOR)

Jo‘raxo‘jayev Muzaffar Muhamedovich — 14 yillik tajribaga ega oliy toifali otorinolaringolog. Burun, burun yondosh bo‘shliqlari va burun-halqumning endoskopik jarrohligiga ixtisoslashgan: operatsiyalar tabiiy yo‘llar orqali, yuzda kesmasiz bajariladi va tez tiklanish imkonini beradi.

Faoliyati davomida 3 000 dan ortiq operatsiya o‘tkazgan va 50 000 dan ortiq bemorga yordam bergan. Moskva, Turkiya, Ozarbayjon va Hindistonda malaka oshirgan, Yevropa otorinolaringologlar uyushmasi a’zosi. O‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qiladi.

Asosiy ish yo‘nalishlari

  • bolalar va kattalarda endoskopik adenotomiya;
  • endoskopik septoplastika — burun to‘sig‘i qiyshiqligini tuzatish;
  • surunkali gaymoritda yuqori jag‘ bo‘shlig‘i operatsiyalari (gaymorotomiya);
  • sinusit, rinit, otit va tonzillitlarni davolash;
  • burun va burun-halqumni diagnostik endoskopiya.

«Men uchun har bir bemor — oila a’zosi kabi.»

  • 🎓 Ta'lim: 2
  • 💼 Ish tajribasi: 14 yil
  • 🏆 Malaka oshirish va stajirovkalar: 4

Ta'lim

🎓 Andijon davlat tibbiyot instituti
🎓 Otorinolaringologiya bo‘yicha klinik ordinatura (2012–2014)

Malaka oshirish va stajirovkalar

🏆 Markaziy davlat tibbiyot akademiyasi, Moskva (Rossiya)
🏆 Akdeniz universiteti, Antaliya (Turkiya)
🏆 Ozarbayjon tibbiyot universiteti (Ozarbayjon)
🏆 Manipal Hospital (Hindiston)

Ish jadvali

  • Dushanba

    08:00 - 17:00

  • Seshanba

    08:00 - 17:00

  • Chorshanba

    08:00 - 17:00

  • Payshanba

    08:00 - 17:00

  • Juma

    08:00 - 17:00

  • Shanba

    08:00 - 17:00

  • Yakshanba

    Yopiq

Qaysi shifokor yoki bo'limga yozilishni bilmayapsizmi?

Sizga mos mutaxassis va davolashni tanlab beramiz. Bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq uchun ariza qoldiring.

shape shape